"Men umrimda bunaqasini ko'rmaganman". Zidan Yamalning istedodini etirof etdi

Sherzod Nurmatov
27 may 2025
Fransiyalik afsonaviy futbolchi va murabbiy Zinedin Zidan "Barselona"ning 17 yoshli futbolchisi Lamin Yamalning o'yini haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Maydonda o'z ishini juda yaxshi bajaradigan odamni ko'rish – bu shunchaki ajoyib. Uning o'yinini tomosha qilishdan zavqlanamiz.

Lamin Yamalning "Inter"ga qarshi ikkinchi bo'limi... Hayotimda bunaqasini ko'rmaganman", – dedi fransiyalik.

Lamin Yamal joriy mavsum 55 o'yin o'tkazib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u klub bilan 3 ta titul – Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.

17 yoshli vinger uchun mavsum hali tugamadi. U 6 iyunga o'tar kechasi Ispaniya terma jamoasi safida UEFA Millatlar Ligasi yarim finalida Fransiyaga qarshi o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS