Meksikada futbol o'yini paytida mushtlashuv bo'ldi, 17 kishi vafot etdi

Mirjalol Normatov
6 mar 2022, 18:45
Meksika chempionati 9-turi doirasidagi "Keretaro" va "Atlas" jamoalari ishtirokidagi bahs tragedik hodisa bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 62-daqiqasiga kelib tribunalarda ommaviy mushtlashuv boshlanib ketgan va bahs to'xtatilgan.

Mushtlashuvlar natijasida 17 muxlis vafot etgan. Ularning orasida "Atlas" muxlislari ko'pchilikni tashkil qilgan.

Xavfsizlik nuqtayi nazaridan o'yin qayta boshlanmagan va boshqa kunga ko'chirilgan. Policiya esa bu borada jiddiy tergov ishlarini olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca