Meksika terma jamoasi ham Rossiyaga yetib keldi FOTO

Aziz Tukhtamuradov
12 iyun 2018
Jahon chempionatining yana bir ishtirokchisi mundialda qatnashish maqsadida Rossiyaga yetib keldi.

Meksika terma jamoasi delegaciyasini musobaqa rasmiy vakillari tantanali ravishda kutib olishdi. Acteklar Novogorskdagi Moskvaning “Dinamo” klubiga qarashli bazada joylashishdi. Bugun meksikalik futbolchilar ilk mashg'ulotni o'tkazishadi. 

Eslatib o'tamiz, Meksika terma jamoasi guruh bosqichida Germaniya (17 iyun, Moskva), Janubiy Koreya (23 iyun, Rostov-na-Donu) va Shvetsiya (27 iyun, Ekaterinburg) bilan to'qnash keladi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: