

Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot-xizmati ma'lum qildi.
Oldinroq, bir qator nashrlar mutaxassis Meksika futbol federatsiyasi bilan shartnomani uzaytirmasligi haqida yozgan edi. Osorio 2015 yilda jamoa bosh murabbiyiga aylangan. Uning qo'l ostidagi jamoa Rossiyadagi jahon chempionatida 1/8 finalgacha yetib bordi va bu bosqichda Braziliyaga 0:2 hisobida mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi.
"Meksika terma jamoasidagi mehnatlari uchun Osorioga minnatdorchilik bildiramiz. Shu bilan birga uning milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashda samimiyligi va rostgo'yligini qadrlaymiz" - deyiladi matbuot-xizmati bayonotida.



