Meksika Panamani mag'lub etib, KONKAKAF kubogini qo'lga kiritdi

Alisher
17 iyul 2023
Meksika terma jamoasi Panamani (1:0) hisobida mag'lub etib, KONKAKAF kubogini qo'lga kiritdi.

Uchrashuvdagi yagona golga  88 daqiqada Santyago Ximenes mualliflik qildi. Shu tariqa, Meksika terma jamoasi tarixda 12 marta ushbu turnirning g'olibiga aylandi. 

KONKAKAF kubogi, final 

Meksika - Panama 1:0 (0:0)

 Gol: 88 - Santyago Ximenes 

Meksika – Ochoa, Sanches, Montes, Vaskes, Galyardo, Reyes, Alvarado, Sanches, Chaves, Alvares, Romo, Ximenes, Pineda, Antuna, Martin. 

Panama – Anderson, Londono, Moskera, Kammingz, Eskobar, Andrade, Devis, Godoy, Karraskilya, Uotermen, Kintero, Barsenas, Dias, Faxardo. 

Ogohlantirishlar: Vaskes (11), Kammingz (21), Montes (45), Galyardo (54), Karraskilya (55), Alvares (60), Godoy (64), Moskera (90).




AlisherMuallif
Manba: championat.com