

2005 yilda Barselona yoshlar jamoasida faoliyatini boshlagan Serxio Buskets Katalon grandidagi 18 yillik faoliyatidan so'ng klubdan kyetishini ma'lum qildi. Serxio 18 yillik faoliyati davomida klub ravnaqi uchun Messidan kam harakat qilgani yo'q. Barselona jahon futboli cho'qqisiga chiqqan davrlarda aynan Serxio sheriklarining hujumda bemalol tiki-taka o'ynashiga sharoit yaratib berdi. Xavi, Iniesta va Messilar bilishardiki to'p oldirilsa tayanch zonasida Busketsdek futbolchi bor. Serxio jahon futbolida Barselona bilan klub miqyosidagi, qizil furiya bilan esa terma darajasidagi barcha katta musobaqalarda g'olib chiqdi.

Futbolchi bisotida JCH va Yevropa chempionati oltin medallari, CHLning 3 ta kubogi va LaLiganing 8 ta, Ispaniya kubogining 7 ta oltin medallari jam bo'lgan. Serxio futbolda tayanch zonasida o'ynab turib jamoasining hujumlarini ham qoyilmaqom tarzda boshlab bera olgan kam sonli tayanch yarim himoyachilardan biri. Maestro futbol sendan qarzdor, kamida bitta “Oltin to'p”ga haqli eding...
Jaloliddin.



