Mbappe - top-5 chempionatlari orasida 21 yoshgacha bo'lgan eng qimmat futbolchi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2017
CIES Football Observatory rasmiy sayti Yevropaning top-5 chempionatlari orasida 21 yoshgacha bo'lgan eng qimmat futbolchilarni aniqlash borasida tadqiqot o'tkazdi.

Natijalarga ko'ra, Kilian Mbappe eng qimmat yosh futbolchi deb topildi. Uning transfer narxi 133,8 mln.dan 182,8 mln. evroga o'sdi.

Ikkinchi o'rinda Dele Alli ("Tottenxem"), uning narxi 180 mln. evro. O'z chempionatlarida eng qimmat deb topilgan yoshlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

Fransiya: Kilian Mbappe (PSJ) - 182,8 mln. evro

Angliya: Dele Alli ("Tottexem") - 180 mln. evro

Ispaniya: Usmon Dembele ("Barselona") - 120,4 mln. evro

Germaniya: Timo Verner ("Leyptsig") - 92 mln. evro

Italiya: Janluiji Donnarumma ("Milan") - 55,7 mln. evro.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com