Mbappe: “Qaror qabul qilib bo'lindi”

Eldor Akmurzayev
16 may 2022
PSJ forvardi Kilian Mbappe kelajagi borasida bir to'xtamga kelganini aytdi.

“Kelajagim haqida gapira olmayman, ammo tez orada barchasini bilib olasiz. Hammasi deyarli hal qilindi. To'g'ri, hozir vaqti emas, ammo ha, qaror deyarli qabul qilib bo'lindi.

Fransiya TJdagi yig'in oldidan buni rasman e'lon qilaman”, deydi Mbappe.

Fransiya termasining bo'lajak yig'ini 28 mayda boshlanadi. Avvalroq, “Real” Mbappeni tanishtirish uchun katta tayyorgarlik ko'rayotgani xabar qilingandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano