"Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytiradi va hech qachon "Real"ga o'tmaydi"

Omonjon To`xtamirzayev
8 fev 2024
PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening "Real"ga ehtimoliy transferi haqida qiziq insayd.

"Kilian Parij klubi bilan shartnomasini uzaytiradi va hech qachon Madridning "Real" klubiga o'tmaydi", - deb xabar bermoqda fransiyalik jurnalist Fransua Gallardo.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum 24 yoshli futbolchi PSJ safida barcha musobaqalarda 28 o'yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma etkazib berdi. 

Transfermarkt portali Mbappening transferini 180 mln evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Франсуа Галлардо Твиттери