Mbappe penalti tepish imkoniyatini endi boshqalarga bermaydi

Administrator
4 noya 2025, 22:32
"Real"ning keyingi penaltilarini faqat Kilian Mbappening o'zi ijro etadi.

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe bundan buyon penalti tepish huquqini jamoadoshlariga bermaydigan bo'ldi. 1 noyabr kuni Madrid klubi La Liganing 11-turida "Valensiya"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi. O'yinning 19-daqiqasida Mbappe penaltidan hisobni ochdi. 42-daqiqada "Real" hisob 2:0 bo'lib turganida yana bir 11 metrlik jarima zarbasini qo'lga kiritdi. Fransiyalik futbolchi bu imkoniyatni Vinisius Juniorga topshirdi, ammo braziliyalik futbolchi nuqtadan gol ura olmadi.

The Athletic nashrining murabbiylar shtabidagi manbalariga ko'ra, jamoaning asosiy penaltichisi etib tayinlangan Mbappe bundan keyin 11 metrlik jarima zarbasini tepish huquqini boshqalarga bermaydi. Faqat jamoa yirik hisobdaf oldinda ketayotgan holatlarda bu qoidadan istisno qilinishi mumkin.


AdministratorMuallif
Manba: The Athletic