Mbappe La Ligada ketma-ket 8ta o'yinda gol urdi. "Real"da buni faqat Ronaldu va Pushkash uddalagan

Alisher Ostonov
2 noya 2025
Kilian Mbappe Krishtianu Ronalduning yutug'ini takrorladi.

Kilian Mbappe "Real" tarixida ketma-ket sakkizta La Liga o'yinida gol urgan uchinchi futbolchi bo'ldi.

Forvard "Valensiya"ga qarshi o'yinning 19-daqiqasida penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochgan bo'lsa, 31-daqiqada yana bir bor gol urdi.

Bungacha francuz "Barselona", "Xetafe", "Vilyarreal", "Atletiko", "Levante", "Espanol" va "Sosedad" klublariga gol urgan. "Malorka" darvozasi ishg'ol etilmadi, bungacha "Ovedo" va "Osasuna"ga gol urgandi.

Bungacha "Real" safida La Ligada ketma-ket sakkizta o'yinda gol urishga faqat Krishtianu Ronaldu (10) va Ferens Pushkash (8) muvaffaq bo'lgandi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/pedritonumeros