Mbappe: "Kante PSJga juda mos tushgan bo'lar edi"

Aslanov Jasurbek
1 may 2018
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Chelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kantening Parij klubiga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Kante - juda sifatli, o'zini xalqaro darajada ko'rsata oladigan futbolchi. U talablarimizga javob beradi. Kante PSJga juda mos tushgan bo'lar edi. U fransiyalik va uning transfer Fransiya chempionatiga bo'lgan e'tiborni oshiradi. U bizga o'tsa yaxshi bo'lardi" - deydi Mbappe.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe