Mbappe Ispaniyaga qarshi o'yinda yangi niqobda maydonga tushadi

Оқил Абдубарноев
9 iyul 2024
Fransiya terma jamoasi va "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe Evro-2024 yarim finali doirasidagi Ispaniyaga qarshi o'yinda boshqa niqob ostida harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, Mbappe guruh bosqichi doirasida Avstriyaga qarshi o'yinda burnini sindirib olgani sababli niqob ostida o'ynamoqda. 

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, futbolchining oldingi o'yinlarda kiygan niqobi uni bezovta qilib, nafas olishida muammo tug'dirgan.

So'nggi tibbiy tekshiruvlar asosida hujumchining bosh o'lchamiga mos ravishda yangi niqob ishlab chiqarilgan. Nashr uning mustahkamligi va zarbalarga chidamliligi tufayli Formula-1 kabi sport turlarida qo'llanilidigan qattiq plastik birikmalardan tayyorlanganini tasdiqladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sport Espana