Mbappe Donnarummaning PSJdagi holati haqida: "Bu og'ir va adolatsiz davr"

Sherzod Nurmatov
19 avg 2025
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi, avvalroq PSJda o'ynagan Kilian Mbappe Parij klubida darvozabon Janluiji Donnarumma bilan yuzaga kelgan vaziyatga munosabat bildirdi.

"Bu og'ir va adolatsiz davr. Donnarummaga achinaman", – dedi Mbappe.

Donnarumma "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin turibdi. "La Stampa" xabariga ko'ra, darvozabon Angliya klubida yiliga taxminan 12 million evro oladi. Shartnomada bonuslar ham mavjud. Ayni vaqtda PSJ darvozabon uchun 50 million evro so'ramoqda.

Donnarumma 2024/25 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 47 o'yinda 43 ta gol o'tkazib yubordi va 17 o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Defensa Central