Maykl Ouen: "Ten Xag "Manchester Yunayted"ga munosib murabbiy emas. Klub u bilan to'rtlikka kirishdan umid qilmasin"

Omonjon To`xtamirzayev
15 avg 2024, 18:05
"Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari sobiq forvardi Maykl Ouen joriy mavsum yakuniga ko'ra, "qizil iblislar" APLda TOP-4ga kirishlariga ishonmayapti.

"To'g'risini aytsam, "Manchester Yunayted"ni men TOP-4ga nomzodlar ichidan birinchilardan bo'lib chiqarib tashladim. Yozda, katta o'zgarishlar amalga oshirilgan pallada, klub bosh murabbiyni nega alishtirmaganini tushuna olmadim. Avval ham aytganimdek, ten Xagni hozirgi lavozimiga munosib mutaxassis, deb hisoblamayman. Yana bir noxush xabar – ular yangi futbolchilarni sotib olishdi, lekin Leni Yoro jarohat tufayli mavsum startini o'tkazib yuboradi va bu ham muxlislar, ham klubga ta’sir qiladi. Amalga oshirilgan o'zgarishlar fikrim o'zgarishi uchun etarli emas", - dedi Ouen.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: metro.co.uk