Maykl Antonio Angliya terma jamoasiga yordam bera olmaydi

Tolibjon Qosimov
20 mar 2017, 20:33
"Vest Xem" yarim himoyachisi Maykl Antonio sonidagi jarohati sabab yaqin oradagi o'yinlarda Angliya terma jamoasiga yordam bera olmaydi.
Bu haqda "BBC" xabar berdi. Futbolchi Angliya chempionati 29-turida "Lester"ga qarshi bahs (2:3)da jarohat oldi.

Eslatib o'tamiz, inglizlar 22 martda Germaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi, 26 sanada esa JCH-2018 saralashi doirasida Litva bilan kuch sinashishadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: BBC