Mavsum muddatidan oldin tugasa APLga qaysi jamoalar chiqadi?

Eldor Akmurzayev
21 may 2020
Angliya futbol ligasi (EFL) rasmiy sayti xabariga ko'ra, mamlakatda 2019/20 yilgi mavsum muddatidan oldin yakunlansa, “Lids” hamda “Vest Bromvich” yuqori divizionga yo'llanma olishadi.

Manbaga ko'ra, uchinchi yo'llanma uchun pley-off bahsi qanday bo'lmasin o'tkaziladi. Shuningdek, Chempionshipdan chiqib ketadiganlar taqdiriga ham aniqlik kiritiladi.

Marselo Belsa boshqaruvidagi “Lids” 37 o'yinda 71 ochko to'pladi va jadvalda peshqadam bo'lib turibdi. 2-o'rindagi “Vest Bromvich”da esa 70 ochko. 3-6-pog'onalarda turgan “Fulxem”, “Brentford”, “Nottingem Forest” va “Preston” esa Premer Ligaga chiqish uchun kurash olib borishi mumkin.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: EFL