Matteys de Ligt: "Oldinga qadam tashlash vaqti keldi"

Alisher
18 iyul 2019, 17:43
"Yuventus"ning yangi himoyachisi Matteys de Ligt nima uchun Turin klubiga o'tganligiga izoh berdi.

- Menga italiyaliklarning himoyadagi o'yinlari yoqadi. Mening ko'plab italiyalik kumirlarim bo'lgan: Barezi, Maldini, Nesta, Kannavaro va Shirea. Olg'a qadam tashlash vaqti keldi. Men "Ayaks"da yaxshi va yomon damlarimni o'tkazdim, ammo hayotda xayrlashish kerak bo'ladigan paytlar ham bo'larkan, - deydi de Ligt.

Turinliklar 19 yoshli futbolchining transferi uchun 75 million evrodan voz kechishdi.

Oldinroq futbolchi 5 yillik shartnomaga imzo chekishi hamda yiliga 12 million evro maosh olishi xabar qilingan edi.

De Ligt "Yuventus"da Krishtianu Ronaldudan keyin eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/juventusfcen