Mateya Kejman: "Madrid, Manchester va Milanda Milinkovich-Savichga katta qiziqishi bor"

Tolibjon Qosimov
19 sen 2017, 20:32
"Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichning agenti Mateya Kejman o'zining mijoziga top klublardan bo'layotgan qiziqishlarini aytib o'tdi.

"Madrid, Manchester va Milanda futbolchiga katta qiziqish bor deb ayta olaman. U o'zini qulay his qilgisi va o'sib o'zining joyida eng yaxshilardan biri bo'lishni xohlaydi.

U mavsumni yaxshi boshladi va uni "Lacio"siz tasavvur qilish qiyin. Lekin, ketishi mumkin. Nima bo'lishini ko'ramiz, u hozir yaxshi murabbiy Simone Inzagi bilan sog'lom ishlayapti.

Igli Tare bazida tanqid qiladi, lekin u yaxshi ishladi. Yaxshi o'yinchilarni oldi va qoniqmaganlarini qimmatga sotdi. "Lacio" tarkibi kuchaydi, ular chempionatda top-2ga kirishlari va Yevropa ligasini yutishlari mumkin", - deydi Kejman.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com