

Bugun "Tumanli Albion"da ajoyib to'qnashuv borligini bilasiz. "Qizil iblislar" va "to'pchilar" "jangi" haqida ingliz futbolining haqiqiy bilimdoni Tolibjon Qosimovning fikrlari bilan qiziqdik.
Yomon startdan keyin yaxshi formaga kirib olgan "Arsenal" o'z o'yinini topa olmayotgan MYUga qarshi. Arteta "kanonirlar"ni yaxshi holatga keltirib qo'ya oldi. To'g'ri, jamoa "Liverpul"dan "tarsaki" edi, ammo qolgan bellashuvlarda ishonchli o'yin va natijalar qayd etib kelinmoqda. Bosh murabbiy kechagi matbuot anjumanida Bukayo Saka tushmasligi mumkinligini aytdi, bu mehmonlar uchun jiddiy muammo. Sababi, hozir "Arsenal"da vaziyatlar yaratishda asosiy rolni Smit-Rou va Saka bajarishyapti. Bundan tashqari, yangi darvozabon Aaron Remsdeyl bir-biridan chiroyli seyvlar qilishdan charchamayapti.
Narigi tomonda ham xuddi shunday holat. De Xea o'zining avvalgi formasiga qaytib olgan va ko'p bor jamoasini muqarrar gollardan qutqarib kelmoqda. Bugun darvozabonlar o'rtasida ham o'ziga xos to'qnashuv guvohi bo'lamiz.
"Manchester Yunayted" esa Kerrik boshqaruvida o'ynashda davom etadi. Sababi, jamoaning yangi vaqtinchalik bosh murabbiyi Rangnik mehnat vizasini olganicha yo'q. Ingliz nashrlarining yozishicha, nemis mutaxassisi allaqachon Manchester shahridagi mehmonxonalardan birida istiqomat qilyapti. Ammo, hozircha jamoani boshqara olmaydi. Bunga sabab, u oxirgi 5 yilda bosh murabbiy bo'lib ishlamagan. Shu sabab avtomatik tarzda mehnat vizasi ololmaydi. Lekin, tarkib borasida u ta’sir ko'rsatishni boshlab yuborgani katta ehtimol. Bugun Ronalduni yana boshlang'ich tarkibda ko'rsak kerak. Krishni ketma-ket ikkita o'yin zaxirada qolishini tasavvur qilish qiyin. Sancho ikki o'yindan beri gol uryapti va u ham bugun asosiy tarkibda bo'ladi.
Oxirgi o'zaro o'yinlarda "Arsenal" ustunlikka ega. MYU 6 uchrashuvdan beri "to'pchilar"ni enga olmayapti. Ammo, bugun ana shu "qora anana" buzilsa kerak. "Arsenal"ni o'yini yaxshiroq va bugun ham ular chiroyliroq o'yin ko'rsatishlari mumkin. Lekin, natija borasida "qizil iblislar" o'zlari kerakli g'alabani ilib ketishsa kerak.
Matchday. Mersisayd va Madriddagi o'yinlar haqida (Shahboz Beg'amov)



