"Manchester Yunayted" APL yulduzi uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
9 may 2024
"Manchester Yunayted" Londonning "Fulxem" jamoasi himoyachisi Tosin Adarabioyo xizmatlariga qiziqmoqda, deya xabar bermoqda ESPN.


Xabar qilinishicha, 26 yoshli Adarabioyo "Fulxem" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi va himoyachi erkin agent sifatida ketishi mumkin. Asosiy jamoaning 4 nafar markaziy himoyachisidan 2 nafari – Rafael Varan va Jonni Evans yozda "Manchester Yunayted"ni tark etadi.

Tosin Adarabioyo joriy mavsum "Fulxem" safida 25 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN