"Match TV" Belarus chempionati translyatsiyasi uchun qancha to'lashi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2020
Rossiyaning "Match TV" telekanali Belarus chempionati translyatsiyasini xarid qilmoqda.

Betting Insider bergan ma'lumotlarga ko'ra, telekanal 210 ming dollar evaziga tv huquqni xarid qiladi.


Kelishuv quyidagi sabablar tufayli bekor qilinishi mumkin:

- Agar Belarus chempionati karantin tufayli bekor qilinsa.

- Translyatsiyalari sotib olingan asosiy top-chempionatlarda o'yinlar qayta boshlanganda, "Match TV"ning bir tomonlama qarori bilan.


"Match TV" Belarus chempionatining ikkala tur uchrashuvlarini jonli efirda namoyish etdi.

Eslatib o'tamiz, ikki o'zbekistonlik futbolchi - Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarovlar Belarus chempionatida ishtirok etayotgan "Energetik-BGU" sharafini himoya qilishmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Betting Insider