Mata: "MYU Yevropa Ligasini yutish hisobiga mavsumni muvaffaqiyatli yakunlamoqchi"

Aziz Tukhtamuradov
16 fev 2016
Manchester Yunayted futbolchisi Xuan Mataning fikricha Yevropa Ligasidagi g'oliblik jamoa uchun muvaffaqiyatli ishtirokni bildiradi.

"Hozir motam tutib yurgandan foyda yo'q. Keyingi o'yinlarga qattiq tayyorlanish kerak. Yana ko'plab o'yinlar bor. Shu sabab, barchasi o'zgarib ketishi mumkin. Muxlislarning bizdan xafa ekanliklarini tushunib turibmiz. Biroq, biz taslim bo'lmoqchi emasmiz. To'g'ri, Yevropa Ligasi - Chempionlar Ligasi emas. Ammo, ushbu turnirdagi g'oliblik YCHL yo'llanmasi uchun yordam beradi", - deydi ispaniyalik futbolchi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com