Mastantuono “Real”dan ketishi mumkin?!

Alisher Ostonov
21 dek 2025
Madridning "Real" klubi yaqin transferlar davrida hujumkor yarim himoyachi Franko Mastantuononi ijaraga berish imkoniyatini "faol ko'rib chiqmoqda.

Futbolchi jahon chempionati oldidan tez-tez maydonga tushishni istaydi va Argentina terma jamoasi tarkibidan joy olishga umid qilmoqda. Ammo, hozircha Mastantuono Xabi Alonso qo'l ostida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'la olmayapti.

"Qaymoqranglilar" futbolchining to'laqonli transferidan manfaatdor emas. Bu mavsumda Franko Mastantuono "Real" safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ularda futbolchi bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: calciomercato.com