Massimiliano Allegri: "Yangi mavsumdagi eng oliy vazifa - A Seriya va YCHL"

10 iyul 2016, 01:44
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoaning yangi mavsumdagi vazifalari haqida to'xtalib o'tdi.


- Bizning asosiy vazifamiz - A Seriyadagi ketma-ket oltinchi chempionlik va YCHLda muvaffaqiyat qozonish. Muvaffaqiyat deganda men imkon qadar uzoqroq borishni va g'olib bo'lishni nazarda tutyapman. Yevropa chempionlar ligasida zafar quchish uchun omadning ham roli katta bo'ladi. Bulardan tashqari, "Yuventus" Italiya Superkubogi va Italiya Kubogini ham yutishi kerak.


Manba: Football-Italia