Masharipov shartnoma imzolagan "ProSportsManagement" agentligining mashhur mijozlari bilan tanishing

"ProSportsManagement" agentligi rahbari German Vladimirovich Tkachenko hisoblanadi.

Uning qo'l ostida Qahhor Mo'minov, Ayrat Imamov, Mixail Danilyuk va Konstantin Nesterenko singari futbol agentlari faoliyat yuritmoqda.

Mazkur agentlik asosan Rossiya va Ukraina chempionatlarida to'p tepadigan futbolchilarga xizmat ko'rsatadi. 

Masharipov ProSportsManagement agentligi bilan shartnoma tuzdi

Aleksandr Kerjakov, Denis Kolodin, Sergey Ignashevich, Sergey Semak va Igor Semshov kabi rus futbolida o'z nomiga ega bo'lgan sobiq yulduzlar ham futbolchilik faoliyati davomida "ProSportsManagement" bilan hamkorlik qilgan.

Agentlik bugungi kunda xizmat ko'rsatayotgan futbolchilar orasida Oleg Shatov ("Zenit"), Egor Baburin ("Rostov"), Aleksandr Anyukov ("Krilya Sovetov"), Fyodor Smolov ("Selta") va boshqa futbolchilar bor.

Rasman: Fyodor Smolov - "Selta" futbolchisi

German Tkachenko rahbarligidagi agentlik bilan hamkorlik qiladigan yurtdoshlarimiz soni endi uchtaga etdi: Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov va Jaloliddin Masharipov.


Manba: championat.asia