"Mashal" va "Neftchi" sobiq futbolchisi "Metallurg"ga o'tdi

Iskandarov Abdulaziz
22 dek 2023
Bekobodning "Metallurg" jamoasi qishki transferlar vaqtida tarkibini boyitishda davom etadi.

"Mashal" va "Neftchi" jamoalari sobiq futbolchisi, o'tgan mavsumni Malayziyaning "Kuching" klubida o'tkazgan Sirojiddin Qo'ziev endilikda faoliyatini "Metallurg"da davom ettiradi. Yarim himoyachi "Kuching" tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol, 2ta assist qayd etdi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia