Maruf Murodov: "So'g'diyona"ga omad tilayman"

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2014
O'tgan mavsumda "So'g'diyona" tarkibida to'p surgan yarim himoyachi Maruf Murodov bilan suhbatlashdik.
Bazi OAVlarda Maruf Murodovning “So'g'diyona” jamoasi bilan amaldagi shartnomasi borli va ushbu shartnoma tugamasdan u “Neftchi” jamoasi bilan shartnoma imzolaganligi haqidagi xabarlar yangragandi. Shuningdek futbolchi PFL tomonidan 6 oyga diskvalifikaciya qilinish mumkinligi ham aytilgandi. Biz bu vaziyatlarga aniqlik kiritish maqsadida futbolchining o'zi bilan suhbatlashdik.

- “So'g'diyona” bilan qancha muddatga shartnoma tuzilgan edi?
- Mening “So'g'diyona” jamoasi bilan tuzgan shartnomam 31 dekabr 2013 yilgacha bulgan muddatga tuzilgan edi. Shartnoma muddati tugagandan so'ng “Neftchi” jamoasi bilan shartnoma tuzishga qaror qildim.

- Yaqinda “Neftchi” jamoasi bilan shartnoma imzoladingiz?
- Ha, shunday. Lekin bazi saytlarda men haqimda chiqqan xabarlarni ortida kimlar turganiga tushuna olmayapman. Nima keragi bor yolg'on va asossiz xabarlar bilan odamlarni chalg'itib? Yana bir bor qaytarib aytaman: mening “So'g'diyona” jamoasi bilan tuzgan shartnomam 31 dekabr 2013 yilda yakuniga etgan va men yangi yilda “Neftchi” bilan shartnoma imzoladim.

- “So'g'diyona”haqida qanday fikrdasiz?
- Jamoada barchamiz bir oiladek inoq edik. Jizzaxda o'tkazgan vaqtlarimdan mamnunman. Sobiq jamoadoshlarimga ushbu mavsumda omad tilab qolaman.

Umid Raimjanov suhbatlashdi.
“So'g'diyona” PFK matbuot kotibi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz