Martinelli qaysi terma jamoada o'ynashni bilmayapti

Eldor Akmurzayev
28 mar 2020
“Arsenal” forvardi Italiya va Braziliyadan birini tanlashda ikkilanmoqda.

Gabriel Martinelli hozircha aniq qarorga kelmagan.

“Yakuniy qarorga kelinmagan. Albatta, o'z mamlakatini himoya qilishi – bu ulkan g'urur. Braziliya termasi – bu orzu, Olimpiya o'yinlarida qatnashishni istardim.

Ko'p narsa menga, o'zimni ko'rsatishimga bog'liq, ammo yakuniy qarorni Tite boshliq murabbiylar shtabi qabul qiladi.

Shiddat bilan o'sib borayotganim sababimi? Bularning barchasi shunchalik tez sodir bo'lganiga ishonish qiyin. Endi elkamda katta masuliyat yotadi. Ommaning kutayotganlari esa umuman boshqacha”, deydi Martinelli.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal