Martin Shkrtel: “Liverpul”ning maqsadi – kuchli to'rtlikka kirish”

Tolibjon Qosimov
10 fev 2014
“Arsenal”ga qarshi o'yinda dubl muallifiga aylangan “Liverpul” himoyachisi Martin Shkrtel jamoaning maqsadlari xususida to'xtalib o'tdi (5:1).

“Juda muhim g'alabaga erishdik. “Arsenal”dan nimalarni kutishni yaxshi bilardik. Bunday raqibga qarshi kechadigan o'yinlar har doim qiyin bo'lgan.

Biz o'yinni shiddat bilan boshlab “Arsenal”ga teng raqib bo'la olishimizni isbotlamoqchi edik. 20 daqiqa ichida 4 ta gol urishimiz kimning xayoliga kelibdi deysiz.

O'yindan-o'yinga rivojlanib borishimiz kerak. Mavsum so'ngida jadvalning qaysi qismida bo'lishimizni esa vaqt ko'rsatadi. Maqsadimiz – kuchli to'rtlikka kirish”, - deydi Shkrtel.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru