Martin O`Nil: "Uyga qaytadigan samolyotga chiqayotganda faxr tuyg'usini his qilishni istaymiz"

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2016
Irlandiya terma jamoasi ustozi Martin O`Nil Evro-2016 doirasidagi Belgiyaga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

- Belgiya terma jamoasi safida xuddi Yevropa chempionatiga kelgan barcha jamoalarda bo'lgani kabi qobiliyatli futbolchilar ko'p. Shu sababli bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Ammo biz bahsni sabrsizlik bilan kutayapmiz. Shvedlarga qarshi munosib qarshilik ko'rsatdik, balki o'sha uchrashuvda g'olib bo'lishimiz ham mumkin edi. Biroq bo'lmadi. Umid qilamanki, Belgiyaga qarshi "jang" qila olamiz. Menimcha 4 ochko pley-offga chiqish uchun etarli bo'ladi. Sababi bizda buncha ochko yig'ish uchun ikkita imkoniyatimiz bor. Uyga qaytadigan samolyotga chiqayotganda faxr tuyg'usini his qilishni istaymiz, - deydi O`Nil UEFA rasmiy saytiga.


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu erda >>>> TANLOV


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com