Martin Breytueytga APLdan xaridor bor

Mirjalol Normatov
11 iyul 2021
"Barselona" forvardi Martin Breytueyt faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Kelasi mavsumda Yevropa ligasida o'ynaydigan "Vest Xem" klubi ayni damda hujumchi Maykl Antonioning o'rniga futbolchi izlamoqda. O'z navbatida "Barselona" ham jamoaga katta foydasi tegmayotgan futbolchining sotib yuborilishidan xursand bo'lishi mumkin.

Breytueyt o'tgan mavsumda Kataloniya klubi tarkibida 29 o'yinda qatnashib, 2 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Transfer Tavern