Marselo: "Ronaldu bilan xayrlashaman deb hech o'ylamagandim"

Mirjalol Normatov
12 iyul 2018
"Real" himoyachisi Marselo jamoani tark etgan Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashdi.

"Xayrlashish vaqti keldi. Qasam ichaman, bu kun qachondir keladi deb o'ylamagandim. Bu dunyoda hech nima abadiy emas. Sen yangi klubingda baxtli bo'lasan.

Biz deyarli 10 yildan buyon birgamiz, 10 yil birgalikda quvonch, ajoyib o'yinlar, g'alaba, mag'lubiyatlarni ko'rdik. Men sendan ko'p narsani o'rgandim. Sening eng ajoyib xislating - sodiqlik, buni hech qaysi sportchida ko'rmadim", - dedi Marselo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru