

Nima uchun Lacioni tark etganimni tushuntirib o'taman. Mening yordamchilarim ham kyetishdi.
4 hafta davomida ishladik, ammo klub prezidenti Lotito kelishuvga amal qilmadi.
Menga 5 iyulga qadar 4 nafar futbolchini sotib olib beramiz deb vada berishgandi, ammo shu paytga qadar bironta transfer amalga oshirilgani yo'q. Klubga yangi futbolchilar kelmasa jamoa kuchaya olmaydi.
3 kundan so'ng yangi mavsumga tayyorgarlik boshlanadi, shu bois men boshqa kuta olmadim. Men mavsumoldi yig'inlarga katta urg'u beradigan murabbiyman.
Hozirda menga hech qanday taklif bo'lgani yo'q. Lacioga ketganim haqidagi hujjatlarni yuboraman, – deydi Belsa.



