Marselino "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
4 fev 2022, 11:10
"Atletik" bosh murabbiyi Marselino Ispaniya Kubogi 1/4 final bosqichida "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Juda ham xursandmiz va amalga oshirgan ishimizdan g'ururlanyapmiz. "Barselona" va "Real"ni turnirdan chiqarib yuborish - juda qiyin ish. Biroq hali finalga chiqmadik. Ammo grandlarni yutdikmi - finalga loyiqmiz.

O'yin muhim edi. Hujumkor o'yin ko'rsatdik va ko'plab vaziyatlar yaratdik. Agarda "Real"ga hujumga o'tishga imkon berilmasa - g'alabaga bo'lgan yarim yo'l bosib o'tiladi. "Real" ustidan nazorat qilishni barcha ham eplay olmaydi", - dedi Marselino.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal