

Fransiya terma jamoasi futbolchisi 2015 yilning yozida 15 mln. evro evaziga "Marsel"dan "Vest Xem"ga o'tgan edi.
Eyro 29 yoshli Payetni qishki transfer oynasida 30-40 mln. evroga sotib olmoqchi. Ammo "Vest Xem" o'zining yetakchisidan ayrilmoqchi emas.
"Marsel"ning amerikalik yangi egasi Frenk Makkort transfer kampaniyasiga 75 mln. evro ajratishga tayyor ekanligi e'lon qilingandi.



