Marsel: "Oltin butsa"ni qo'lga kiritish eng katta orzularimdan biri edi. Biroq undan ham yuqori maqsadim bor edi"

Оқил Абдубарноев
7 okt 2024
Futzal bo'yicha jahon chempionati finalida Argentinaga qarshi o'yindan so'ng (2:1) Braziliya terma jamoasi a'zosi Marsel saytimizga intervyu berdi.

"Argentinaga qarshi juda qiyin o'yin o'tkazdik. Raqib juda kuchli jamoa edi. O'ziga xos klassiko guvohiga aylandik. Eng muhimi, O'zbekistonni jahon chempioni sifatida tark etyapmiz.

"Oltin butsa"ni qo'lga kiritish men uchun juda katta baxt. Bu mening eng katta orzularimdan biri edi va amalga oshdi. Undan ham yuqorisi, albatta, chempion bo'lish edi. Ikki karra baxtliman.

Braziliya terma jamoasining har avlodi kuchli va o'ziga xos bo'lgan. Biz bu mintaqada ikki oy yashadik: bir oy tayyorgarlik va bir oy mundial. Shu tariqa, barchasi ajoyib yakun topdi", dedi Marsel.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi o'z tarixida oltinchi marotaba jahon chempioni bo'ldi.

Marsel esa 10 ta gol bilan jahon chempionati to'purariga aylandi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia