"Marsel" "Manchester Siti" futbolchisini ijaraga oladi

Alisher
16 avg 2022
"Manchester Siti" himoyachisi Issa Kabore faoliyatini ijara asosida "Marsel"da davom ettiradi.

Kelishuv bir yilga mo'ljallangan. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

21 yoshli burkina-fasolik futbolchi Fransiyaga keldi va tibbiy ko'rikdan o'tdi. Klublar o'rtasidagi kelishuvda himoyachini 20 million evroga xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqilgan.

Futbolchi o'tgan mavsum "Trua" safida ijara asosida 31ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi. Transfermarkt Kaboreni 4 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano