"Marsel": "Lassana Diarra ikki poziciyani yopa oladi, uni yo'qotmoqchi emasmiz"

Aslanov Jasurbek
10 avg 2016, 12:55
"Marsel" sport direktori Gyunter Yakobs jamoa yarim himoyachisi Lassana Diarraning klubni tark etishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Lass qolishini istayman. Yana bir shunday futbolchini topish qiyin. U birdaniga ikki poziciyani yopadi. Uni klubda olib qolsak yaxshi bo'lardi, ammo hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz har qanday voqealar rivojiga tayyor bo'lishimiz kerak. Faqat eng yaxshisiga umid qilib bo'lmaydi" - deydi Yakobs.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com