"Shaxtyor" futbolchisi jiddiy jarohat olib, 9-12 oyga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
7 okt 2021
"Shaxtyor" forvardi Lassina Traore YCHL doirasida "Inter"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.

Doneckliklar bosh shifokori Artur Glushenko 20 yoshli futbolchining holati haqida gapirdi.

"Traorening tizzasi juda jiddiy jarohatlangan. 2 haftadan keyin uni operaciya qilishadi. Hozir uni bunga tayyorlayapmiz. Uning tizza sohasidagi ishishni qaytishini kutishimiz kerak. Traorening safga qaytishi 9-12 oydan keyin bo'lishi mumkin", - dedi shifokor.

Traore "Shaxtyor"da endi birinchi mavsumini o'tkazayotgandi. Iyulda uning transferi uchun klub "Ayaks"ga 10 million evro to'lagandi. Ushbu mavsumda u jamoasi tarkibida 14 o'yinda qatnashib, 9 gol urishga ulgurgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal