Marokash Afrika Millatlari Kubogida 1,2 mlrd dollargacha daromad olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
25 dek 2025
"Al Arabiya" telekanalining xabar berishicha, Marokash futbol bo'yicha Afrika Millatlari Kubogini o'tkazish orqali 450 mln dollardan 1,2 mlrd dollargacha daromadga ega bo'ladi.

Turnir 22 dekabrda start oldi va 18 yanvarda yakunlanadi.

"Baholashlarga ko'ra, Afrika Millatlari Kubogini o'tkazish turizmga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Xususan, Marokash qo'shimcha ravishda 500 mingdan 1 million nafargacha xorijiy mehmonni qabul qiladi. Mehmonxonalar, transport, kafe va restoranlar sohasidagi daromadlar 450 mlndan 1,2 mlrd dollargachani tashkil etadi", – deyiladi telekanal xabarida.

Qayd etilishicha, Marokash o'yinlar translyatsiyasi huquqlarini sotish orqali ham 22,5 mln dollar daromad oladi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, mamlakat Afrika Kubogini o'tkazish uchun infratuzilma qurilishiga taxminan 16 mlrd dollar sarflagan. Ayni shu stadionlarda JCH-2030 uchrashuvlari ham bo'lib o'tadi. Ushbu mundial Marokash, Ispaniya va Portugaliyada bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alarabiya.net