Markus Reshford London klubiga ko'chib o'tishi mumkin

Khoja
16 apr 2025
Ayni vaqtda Aston Villada ijarada harakat qilayotgan Markus Reshford faoliyatini Londonda davom ettirishi mumkin.

Hujumkor futbolchiga Kristal Pelas qiziqish bildirmoqda. London jamoasi yozda Markusni sotib olishga urinib ko'radi.

Shuningdek, Aston Villa ham 27 yoshli futbolchini jamoada olib qolishga qarshi emas, biroq angliyalik futbolchining katta maoshi bunga to'sqinlik qilishi mumkin.

Avvalroq, MYU o'z futbolchisini 40 million funtga sotishga tayyor ekanligini ma'lum qilgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com