Markos Alonso: "Xaddersfild" futbolchilari iflos o'ynashdi"

Aslanov Jasurbek
10 may 2018
"Chelsi" himoyachisi Markos Alonso "Xaddersfild"ga qarshi kechgan Preer-liganing 35-tur uchrashuvi (1:1) haqida fikr bildirdi.

"Biz juda xafamiz. Omadimiz kelmadi, o'yinda ustunlik qildik, gol o'tkazib yubordik va g'alaba to'pini kirita olmadik. Raqib futbolchilari iflos o'ynashdi, ilk daqiqalardan vaqt cho'zishga harakat qilishdi, hakam esa bunga kech e'tibor qaratdi. Ularning darvozaboni har bir to'pni tepishi uchun bir daqiqadan vaqt sarfladi va o'yin yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida sariq kartochka oldi. Bu to'g'ri yondoshuv deb o'ylamayman, hakam bunga avvalroq chek qo'yishi kerak edi, biroq biz baribir gol o'tkazib yubordik va o'z vaziyatlarimizdan foydalana olmadik.

Bugun ular ko'pchilik bo'lib himoyalanishdi, "Xaddersfild" "Manchester Siti"ga qarshi avvalgi o'yinda gol o'tkazmadi, bunday bo'lishi oson emas. Durang bizni qoniqtirmadi" - deydi Alonso.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com