Marko Verratti: "PSJda pul uchun o'ynamayapman, yozda menga 100 mln evro taklif qilishgan"

Tolibjon Qosimov
21 okt 2017
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti yozda klubdan ketish haqida o'ylaganini tan oldi.

"Oxirgi 5 yilda birinchi marotaba qolish foydalimi deb o'yladim. Lekin, klubda menga ishonch bildirishdi.

Hech qachon PSJga: "Men ketishni xohlayman" demaganman. Yangi sport direktori Anteru Enrike bilan birinchi uchrashuvdan keyinoq qolishimni ma'lum qildim.


Odamlar meni parijliklar safida pul uchun o'ynayapti deb o'ylashadi, lekin unday emas. Yozda jamoalar men uchun 100 million evro taklif qilishdi va men hozirgidan ko'proq maosh olishim mumkin edi.

Neymar "Manchester Siti" yoki "Chelsi"da ham shuncha maosh olishi mumkin edi, lekin u bu erga keldi. Sababi, bu erdagi loyiha. Huddi shu narsani men haqimda ham aytish mumkin.

Men Neymar va Mbappe kelgani uchun qolmadim. O'shanda men hatto bu transferlar amalga oshishi bilmasdim ham", - dedi Verratti.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" uzoq vaqt davomida yarim himoyachini sotib olishga urindi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mundodeportivo.com