Marko Verratti PSJ safida 400ta o'yin o'tkazgan ikkinchi futbolchiga aylandi

Alisher
2 yanv 2023
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti Parij klubida 400ta o'yin o'tkazdi.

Fransiya chempionati 17-tur doirasidagi "Lans" (1:3)ga qarshi bahs 30 yoshli italiyalik uchun yubiley o'yin bo'ldi.

Verratti - PSJ tarixida ushbu ko'rsatkichni zabt etgan ikkinchi futbolchi. Parijliklar safida rekord miqdorda o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi Jan-Mark Pilorje (436ta o'yin) hisoblanadi.

Verratti PSJda 2012 yilning iyulidan beri o'ynaydi. Klub 2022 yilning 28 dekabrida futbolchi bilan shartnomani 2026 yilning iyun oyi so'nggiga qadar uzaytirdi.


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru