

“Yaxshi qur'a bo'ldi, biz grand jamoalarga qarshi o'yindan qutilib qoldik. Biroq ehtiyotkor bo'lishimiz kerak. “Benfika”da tajriba kamroq bo'lsada, ular Chempinlar ligasida har doim ishtirok etib keladilar. “Olimpiakos” ham yil sayin kuchayib, ichki chempionatlar g'olibiga aylanmoqda. Gretsiyada esa bizga qiyin bo'lishi aniq. “Anderlext” bilan ham juda yaxshi tanishman. Ularning “Milan”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinlarini ko'rganman. Oson bo'lmasligi turgan gap, chunki bu Chempionlar ligasida. Shunday ekan fikrimcha qur'a yaxshi o'tdi. Biroq Yevropada obro'y qozonish uchun biz o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak”, - deydi o'yinchi.



