Marko van Basten: “Ronalduning Messidan kuchliroq ekanligini aytadiganlar futbolni tushunmaydi”

Niderlandiyalik sobiq futbolchi Messi va Ronaldu haqida gapirdi.

“Ronaldu - qoyilmaqom futbolchi. Biroq uning Messidan kuchliroq ekanligini aytadiganlar futbolni umuman tushunmaydi deb o'ylayman. Messi noyob va takrorlanmas futbolchi. Bunday o'yinchilar dunyoga 50 yoki 100 yilda bir keladi. U daho sifatida tug'ilgan. Men 28 yoshida deyarli futbol o'ynashni to'xtatib qo'ygandim. Uchta “Oltin to'p”ni yutdim. Endi esa ularning darajasiga qarang: Messi va Ronaldu 30 yoshdan oshgan bo'lsa-da to'xtagani yo'q”, - deydi Marko van Basten.


Manba: Marca.com