Marko van Basten: "Final doimo o'zgacha bo'lgan, bizni qiziq uchrashuv kutmoqda"

Mirjalol Normatov
12 iyul 2018
"Uchar gollandlar" afsonasi Marko Van Basten JCHning finali borasidagi o'z fikrlarni bildirdi.

"O'ylashimcha final juda yaxshi bo'ladi. Xorvatiyada ko'plab kuchli va xalqaro uchrashuvlarda tajriba orttirgan o'yinchilar bor. Lekin menga xorvatlarning kuchli iroda sohibi ekanligi yoqdi. Ular buni barcha uchrashuvlarda ko'rsata olishdi.

Shuningdek butun o'yinni o'zgartirib yubora oladigan Luka Modrichdek yetakchilari bor. Xorvatiyaning finalga chiqishi final jozibasini yanada orttiradi. Fransiyaning ham ko'p ajoyib o'yinchilar bor. Ular ishonchli o'yin ko'rsatib, finalga qadar yetib kelishdi.

Final baribir final. Bu bahs juda qiziq o'tishiga ishonaman", - dedi van Basten.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal