Mario Gyotce va Mario Gomes “Bavariya” tomonidan jarimaga tortildi

“Bavariya” klubi rahbariyati yarim himoyachi Mario Getce, himoyachi Yan Kirxgoff va hujumchi Mario Gomesga rasmiy tadbirda “Nike” firmasining kiyimida kelganliklari sababli 10 ming evroga jarima soldi, deb xabar bermoqda Bild.

So'nggi 40 yil davomida mamlakat chempionlarining amaldagi homiysi “Adidas” firmasi sanaladi va bu firma klubning 9.1 foiz akciyasiga egalik qiladi. Tomonlarning kelishuviga binoan futbolchilar rasmiy tadbirlarda boshqa firmaning sport kiyimlarida kelishlari taqiqlanadi. Klubning yangi futbolchilari Gyotce va Kirgxoff, futbolchilarni tanishtirish marosimida amerika firmasining kiyimida kelib xatoga yo'l qo'yishgan.


Manba: football.kulichki.net