Mariano Dias nemis klubi taklifini rad etdi. U Madridda baxtli

Alisher
4 sen 2019
"Real" hujumchisi Mariano Dias "Shalke" taklifini rad etdi.

Gelzenkirxen klubi 26 yoshli dominikanlik futbolchi uchun "Real"dagidek maoshga rozi bo'lgan yagona klub edi.

Mariano "Real"da yiliga 4 million evro maosh oladi.

Futbolchining o'zi Madriddagi hayotidan mamnun va jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanning ishonchini qozonmoqchi.

Dias joriy mavsum La Ligada umuman maydonga tushmadi. Eslatib o'tamiz, Dias 2017-2018 yillarni ijara asosida "Lion"da o'tkazgan. 


AlisherMuallif
Manba: AS